Qaror ijrosi deputatlar nazoratida

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti va hukumat qarorlari ijrosini ta’minlashda amaliy ishtirok etish-nafaqat sohaga mas’ul vazirlik yoki davlat idoralari, balki, nodavlat notijorat tashkilotlar, jumladan siyosiy partiyalar va ularning deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Shu maqsadda O‘zXDP Jizzax shahar Kengashi partiya deputatlik guruhi “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi “2023-2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlashda Jizzax shahrida olib borilayotgan ishlarning holatini o‘rganib chiqdi.

O‘rganishlar jarayonida ushbu dolzarb ahamiyatga ega qaror ijrosini ta’minlashda muayyan ishlar amalga oshirilayotganligi bilan bir qatorda ba’zi xato va nuqsonlar (belgilangan me’yorlardan chetga chiqish, grafikdan kechga qolish va hokazolar) ga yo‘l qo‘yilayotganligi holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda mazkur qaror talablarini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan ta’sir choralarni ko‘rish va mavjud nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida o‘rnatilgan tartibda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi sessiyasi yig‘ilishi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish