"Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun"

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti tomonidan tumandagi "Axshak" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 53-OShPda "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" g‘oyasi asosida Davlat Mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan tibbiyot xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti raisi, tuman kengashi deputati Tursunboy Soliev, ijrochi kotib, tuman kengashi deputati Maxamatjon Jo‘raboyevlar mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqimizning ertangi farovonligini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa keng bunyodkorlik ishlari yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

Tadbir doirasida siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan, xotin-qizlar va yoshlar salomatligini mustahkamlash borasida yuqori natijalarga erishgan partiyamiz faollariga tuman tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish