Bugun Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi tizimidagi xodimlar va Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi aʼzolari uchun "Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati" mavzusida onlayn oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
Unda deputatlar, partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi masʼul xodimlari, tuman va shahar kengashlari raislari ishtirok etdi.
Dastlab, yigʻilishni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov kirish soʻzi bilan ochib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va dolzarbligi xususida aytib oʻtdi.
Seminarda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston Respublika kengashi raisi oʻrinbosari - mafkura va targʻibot-tashviqot masalalari boʻlimi boshligʻi Mahmud Yesengeldiyev qatnashchilarga Konstitutsiyaning vujudga kelish tarixi, uning davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini belgilab berishi haqida soʻzlab berdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston Respublika kengashi Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Nurlan Kishanov ishtirokchilarga yangilangan Konstitutsiyaning ishlab chiqish jarayonlari, mazmun-mohiyati va undagi oʻzgarishlar xususida batafsil maʼlumot berdi.
Xususan, bosh qomusimizdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshgani, qolaversa, konstitutsiya 65 foizga yangilangani taʼkidlandi.
Seminar soʻnggida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga oid savollarga javoblar berildi.