Mustaqillik yillarida partiyamiz a’zolarining jamiyatimiz hayotidagi barcha siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashib, tub islohotlarni amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatayotganini keng targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbir Uychi tumanidagi 38-maktabda tashkil etilib, unga mahalla faollari, ziyolilar, turli soha vakillari jalb qilindi.
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zXDP tuman kengashi raisi G‘.Jo‘rayev, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi T. Ismatillayev, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Abdug‘apparov ishtirok etib, partiyaning siyosiy jarayonlardagi tutgan o‘rni, ishtiroki, o‘z maqsad va dasturlarining xalqchilligi, bugungi kundagi ijtimoiy hayotimizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borayotgan ishlari haqida so‘z yuritishdi.
Tadbir so‘nggida partiya faoli, O‘zXDP tuman kengashi deputati B. Bobomirzayevga faxriy yorliq topshirildi.