O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va Nukus shahar kengashi tomonidan Nukus tibbiyot kollejida «Botanika bog‘i» boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari bilan hamkorlikda «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» mavzusida Davlat Mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan davra suhbati o‘tkazildi.
Nukus shahrida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida so‘zga chiqqan partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi vakillari tadbir ishtirokchilarini avvalo yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklab, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning ahamiyati hususida to‘xtalib o‘tildi.
Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati M. Turimbetova va bir qator partiya faollariga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatini rivojlantirish, dasturiy maqsadlari mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishdagi munosib hissasi uchun «Faxriy yorliq» va esdalik sovg‘alarini topshirildi.