Mustaqil yurtning faol ayollari
O‘zbekiston XDP Konimex tuman kengashida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Mustaqil yurtning faol ayollari: huquqiy va ijtimoiy asoslar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Konimex tuman kengashi raisi N. Kalbanbetova partiya faollari bo‘lgan xotin-qizlarga jamiyatda ayollarning o‘rni, oila va farzand tarbiyasi, ayollar huquqlari bo‘yicha qabul qilinayotgan qonun, huquqiy-normativ hujjatlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Yig‘ilishda shuningdek, mustaqillik yillarida tumandagi o‘zgarishlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.