Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shahrisabz shahar kengashi raisi N. Movlonova tomonidan shahardagi 3-DMTT da O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Mustaqillikka erishishdagi qiyinchiliklar, mustaqillikdan so‘nggi yutuqlar va olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar haqida gapirib berildi. Prezidentimizning joriy yil 27 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» bosh g‘oyasi tanlangani barchamizni yangi marralar sari chorlaydi. Bunda har bir kunning qadriga yetish, imkoniyatlardan unumli foydalanish qanchalik muhimligini davr shiddati va islohotlar ruhi ham anglatib turibdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish