«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun»

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tashabbusi bilan tumanlarda «Yo‘qlov tadbirlari» davom etmoqda.

Navbatdagi manzil Yangiyo‘l tumani bo‘lib, «Qovunchi» MFY istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon, ikkinchi jahon urishi qatnashchisi Nodir ota Mansurov, «Xalqabod» MFY yashovchi Munisaxon Ashurova, «Yoshlik» MFYda yashovchi yolg‘iz ayol Taskira Xasanova va nogiron Jumaboy Butayevlar xonadonlariga tashrif buyurildi.

Partiyamiz elektorati hisoblangan ijtimoiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar holidan xabar olindi.

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi A.Umaraliyev va Xalq deputatlari tuman kengashlari deputatlari ularni Mustaqillik bayramining 32 yilligi bilan tabriklab, samimiy suhbatlashishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat
← Roʻyxatga qaytish