Prezidentimizning tegishli farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida partiyamizning bir guruh faollari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan:
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
Xasanova Muxtaram Urushovna — Boyovut tumanidagi 19-umumta’lim maktabi direktori, O‘zXDP Sirdaryo viloyat kengashi deputati;
«Do‘stlik» ordeni bilan
Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashi raisi;
Tolibekov Omirbek Arzibekovich — Chimboy tumanidagi «Temiryo‘l guzari» mahalla fuqarolar yig‘inining Qiyas Jirov ko‘chasi biyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Mamirova Maxbuba Rustamovna — Jizzax shahridagi «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi;
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Ibrogimova Zulxumor Djumaniyazovna — Xiva shahar «Sangar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
Axmedova Nargisa Gazibayevna — Toshkent viloyati, Zangiota tumani «Eski qal’a» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
«Shuhrat» medali bilan
Qasimova Qizilgul Ermatovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi;
Islomov Shavkat Yaxshibekovich — Forish tumani «Xonbandi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
Keldiyev Anvar Farhodovich — Forish tumani 30-son madaniyat markazi qoshidagi «Bog‘don» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari;
Sadoqat Mirzayeva — Farg‘ona tumanidagi «Art House Sadosh» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;
Ametova Jamila Janibekovna — Qo‘ng‘irot tumanidagi «Qoraqalpog‘iston» shaharcha fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Radjabov Altibay Begjanovich — Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi kotibiyat mudiri;
Yuldoshev Qosimboy G‘oyibnazarovich — Urganch tumani «Yuqori do‘rman» qishlog‘i «Uyshin» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
Kurbanov Alisher Kurbanovich — Muzrabot tumanidagi «Amirqul bobo» fermer xo‘jaligi rahbari;
Mukumov Zokirjon Raxmatdjanovich — Sirdaryo tumani «Beshbuloq» MFY raisi;
Raxmonova Barno Xaydaraliyevna — Toshkent viloyati Piskent tumani «Oqtom» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi» faxriy unvoni bilan
Kalanov Rustam Abduxakimovich — Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Axmedov Abdukarim Abduraxmanovich — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi;
Mukofotlanganlarni Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi jamoasi hamda ko‘p ming sonli a’zolar va tarafdorlari nomidan tabriklaymiz!