Mustaqillik ulug‘ ne’mat

 

O‘zXDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston Karlar jamiyati Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami oldidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Toshloq tuman kengashi deputati, O‘zXDP Toshloq tuman kengashi raisi T.Soliev ishtirokchilarni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan tabriklab, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar, mustaqillik yillarida nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi. Kelgusidagi maqsad va vazifalarning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirishda, aholi orasida keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etayotgan faollarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish