Aholi deputatlardan mamnun!

 

O‘zbekiston XDP Zarbdor tuman kengashi va deputatlik guruhi tashabbusi bilan joriy yilning 2-choragida tuman Kengashi sessiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 maydagi «Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqava suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» Qarori ijrosini ta’minlash masalasi kiritilgan edi.

Suvoqava korxonasi boshlig‘ining hisoboti eshitilib, Tinchlik MFY dagi “Sayxun” ko‘chasi fuqarolarini toza ichimlik suv bilan ta’minlash masalasi muhokama qilingan. Natijada 20 dan oshiq xonadonga toza ichimlik suvi kirib keldi.

Aholi tuman hokimligi, deputatlar va Suvoqova korxonasi ma’muriyatidan minnatdor.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish