Bugungi kunda partiyamiz tomonidan joylarda deputatlar bilan hamkorlikda yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularni muammoli masalalarini hal etish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Xususan, O‘zbekiston XDP Sharof Rashidov tuman kengashi tomonidan tumandagi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyi xodimlariga partiyaning maqsad va vazifalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida, internat uyi xodimlari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi.
Shundan so‘ng, 21 nafar xotin-qizlar partiya safiga qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari topshirildi.