Mo‘ynoqda onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mo‘ynoq tuman kengashi tomonidan «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Loyihasi doirasida xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni aniqlash va oldini olish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda 20 nafardan ortiq xotin-qizlar va bolalarning salomatligi o‘rganilib, zaruriy xulosalar va ko‘rsatmalar tavsiya qilindi. Kasalligi aniqlangan ayollarga bepul dori-darmonlar berildi.