Yakkabog‘da ayollar va bolalar salomatligiga muhim e’tibor qaratilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi doirasida tuman Ko‘p tarmoqli markazlashgan poliklinikasida onalar va bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rikda Yakkabog‘ tuman partiya kengashi raisi, deputat N.Elmurodova tibbiy ko‘rikni tashkil etishda faol bo‘lgan shifokor va hamshiralarning mehnatini e’tirof etib, tumanda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirdi.

Shu kuni malakali tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan 3 nafar xotin-qizlarga hamda 2 nafar yosh bolalarga shifoxonada davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi. 21 nafar ona va bolalarga esa tibbiy muolajalar tavsiya qilindi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish