Qonunchilik yoshlar nigohida

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi raisi A.Xudoyorov tomonidan «Qonunchilik yoshlar nigohida» loyihasi doirasida Samarqand shahar «Yuksalish» mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim va sportni rivojlantirish, yoshlarni bilimli, zakovatli, ilmli bo‘lishlariga sharoitlar yaratilib berilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Yoshlarga doir qonunlarimizning mazmun-mohiyati, yangi qabul qilingan Konstitutsiyamizda yoshlarga oid moddalarning kengaytirilganligi va mazmun-mohiyati hamda partiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida keng ma’lumot berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish