Qonunchilik yoshlar nigohida

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamajonova hamda Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari, deputat Muxsiddin Nizomiddinov ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarga oid belgilangan normalar, maqsadlar mazmun-mohiyati haqida yoshlarga ma’lumot berdi.

Suhbat davomida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning ahamiyati yuzasidan ham fikr-mulohazalar almashildi.

Yakunda faol talaba-yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish