Mahallada yechimini topmagan masalalar deputat nazoratiga olindi

 

O‘zXDP Piskent tuman kengashi raisi deputatlik guruhi rahbari, deputat D. Komilova tomonidan boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi X. Begmatova bilan hamkorlikda "Deputat mahallada" loyihasi doirasida tumanning Yangiobod MFY hududida mahalla ayollari, yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda deputat D. Komilova "O‘zbekiston-2030 Strategiyasi" mazmun-mohiyati, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 26 sentabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda "mahalla yettiligi"ning vazifalarini aniq belgilash va faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalari tushuntirib berildi.

Ayniqsa xotin-qizlar masalasiga, yoshlar masalasiga, ijtimoiy masalaga katta e’tibor berilganligi haqida gapirib o‘tildi. D.Komilovaga mahalla ayollari tomonidan o‘zlarini qiynayotgan, yechimini topa olmayotgan masalalar yuzasidan savollar berildi. Savol va takliflar nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish