Uyma-uy

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xo‘jayli tuman kengashi va Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan "Uyma-uy" loyihasi o‘tkazildi.

Loyiha doirasida Xo‘jayli tuman "Sabiq" mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalladagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar holidan xabar olindi. Fuqarolarning mavjud muammolarini o‘rganib, hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xuddi shunday tadbir Shumanay tuman Kengashi va Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan ham amalga oshirildi.

Xo‘jayli tuman "Nao‘riz" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan B. Aytmuratova bilan suhbatlashildi. Uni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan takliflar berilib, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish