Uch avlod uchrashuvi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘ng‘irot tuman kengashi hamda Qo‘ng‘irot soda zavodi bilan hamkorligida 52-sonli maktabida «Uch avlod uchrashuvi» tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman deputati A. Nurillayev, tumandagi keksalar, 52-sonli maktabning keksa ustozlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Suhbat davomida nuroniylar o‘z hayot yo‘llari, saboqlari haqida so‘zlab berishdi.
Shuningdek, Yoshlarga davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish, yangi O‘zbekistonni yaratishda yoshlar o‘z bilim va intilishlari bilan katta xissa qo‘shishlari kerakligi xaqida gapirib o‘tildi. Samimiy muloqot barchala yaxshi taassurotlar qoldirdi.