Mening fikrim, mening kelajagim

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tomonidan Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda «Yoshlar qanoti» vakillari bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi o‘tkazildi.

Davra suhbatida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar yoshlarga batafsil tushuntirilib, ularning takliflari platformaga joylashtirildi.

Shuningdek, ushbu qonunni yoshlar orasida zamonaviy yondashuvlar asosida keng targ‘ib qilish, mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Yakunda partiyamizning faol yoshlari butun respublika miqiyosida qonun targ‘ibotining yangi bosqichini «Mening fikrim, mening kelajagim» shiori ostida jadallik bilan o‘tkazishga kelishib olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish