“Mehr ulashaylik” loyihasi

 

Xalqimiz orasida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmas” kabi hikmatli maqollar mavjud.

Bu iboralar hayotimizda o‘z isbotini topgan. Aslida ham butun umr davomida mehnat qilib, farzandlarini tarbiyalab, vatanim deb yashayotgan har bir inson keksaygan kunida hurmat-izzat ko‘rishga va e’zozlanishga munosib va loyiqdir.

Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.

G‘allaorol tumanida “Mehr ulashaylik”loyihasi doirasida O‘zXDP G‘allaorol tumani deputati S.Soatov boshchiligida Sarbozor MFY Sarbozor qo‘rg‘onida yashovchi el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan, o‘z mehnatlarini ayamay farovonlik va tinchlikka hissa qo‘shib kelgan faxriy otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish