Yurtimiz bo‘ylab har yili 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Angor tumani hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, tumandagi 17-sonli umumta’lim maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xudoyberdiyevlar hamkorligida Axborot-kutubxona markazida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda shoir va yozuvchilar, yosh ijodkorlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda o‘zbek tilining tarixi, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, ona tilimiz insonni milliy o‘zligini anglashga, qadriyatlarni e’zozlashga o‘rgatishi bo‘yicha ham so‘z yuritildi. Ijodkorlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.