O‘quvchi-yoshlar Markaziy Osiyodagi eng yirik IT akademiyasida bo‘lishdi
Parkentlik ko‘p sonli o‘quvchilarning takliflari asosida Parkent tumani Kengashi deputati Muxsiddin Nizomiddinov tashabbusi bilan IT akademiyasi - Astrumda ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi.
Deputat boshchiligida kelgan o‘quvchi-yoshlar Full Stack, Data science, Software Engineering yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
O‘qish jarayonidagi sharoitlar Kremniy vodiysinikidan qolishmaydi. Bu imkoniyatlar bilan shaxsan tanishgan o‘quvchilarning ota-onalari bir vaqtning o‘zida farzandlari akademiyada o‘qishi uchun shartnomalar tuzishdi.
Bu kabi o‘quv-sayohatlar yil davomida tashkillashtiriladi.