«Uyma-uy» loyihasi
O‘zbekiston XDP Shahrisabz shahar kengashi faollari «Uyma-uy» loyihasi asosida «Bog‘ibahor» mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda Yoshlar yetakchisi bilan birgalikda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar holidan xabar olishdi.
Jumladan, «Qo‘shchashma» ko‘chasida istiqomat qilayotgan 1941-yilda tug‘ilgan, boquvchisi bo‘lsada ammo qarovsiz qolgan onaxon Roziya Xolovaning yashash sharoiti o‘rganildi.
Onaxonning murojaatlari tinglandi, muammolari mahalla faollari tomonidan nazoratga olindi.