Xalq demokratik partiyasi 32 yoshda!

 

Davlat va jamiyatimizning rivojlanishida siyosiy partiyalar, jumladan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ham munosib o‘rni bor. Partiyamiz safidagi a’zolar, barcha darajadagi deputatlar, mana, 32 yildan beri xalqimizning manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xususan, elektorat manfaatlarini ifodalash va himoya qilishda Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi fraksiyasi a’zolari hamda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari ham faol harakat qilib kelyapti.

Xususan, saylovchilar bilan muloqot qilib, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarini hal etishda, partiya jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlarga yechim topishda deputatlarimiz ancha faol. Joriy yil boshidan Jo‘qorg‘i Kengesdagi fraksiyamiz a’zolari tomonidan 293 ta muammo aniqlangan bo‘lib, shundan 278 tasi ijobiy hal etildi. Shuningdek, partiya qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalariga kelib tushgan 599 ta murojaatning 578 tasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi hamda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari tomonidan ijobiy hal etildi.

Fursatdan foydalanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, barcha qoraqalpog‘istonlik partiyadoshlarimiz nomidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 32 yilligi bilan samimiy tabriklayman.

Xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda, partiyamizning dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etish va g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilishda kuch-quvvat, oilalaringizga fayzu baraka tilayman.

 

Faxratdin Xalilayev,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

«O‘zbekiston ovozi», 1.11.2023, №43

 

 

 

 

Teglar

Deputat
← Roʻyxatga qaytish