XDP “aybsiz aybdorlar”ning nafaqasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda (video)

Xalq demokratik partiyasining markaziy va hududiy tashkilotlari, tuman, shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari, parlamentdagi fraksiyasi a’zolari o‘z elektorati, jamoatchilik vakillarining murojaatlarini hal etishga intiladi. Shuningdek, fuqarolar berayotgan takliflarni o‘rganib, amalga oshirishga alohida e’tibor qaratadi.

Fuqarolardan pensiya tayinlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning yaqinlari duch kelayotgan ijtimoiy masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq takliflar kelib tushdi. Shu asosda partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yangi qonunchilik tashabbusini ilgari surishga tayyorlanmoqda.

Qonunchilik palatasida O‘zXDP fraksiyasi va Markaziy Kengashi a’zolaridan iborat ishchi guruhning yig‘ilishi tashkil etildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish