Tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi tomonidan mahalliy kengashi deputatlari va partiya kengashi faollari bilan birgalikda Karmana tumanidagi Pahlavon mahallasi 3-oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.

Oilaviy poliklinika huzurida 10 nafar fuqaroni qabul qilishga mo‘ljallangan kunlik statsionar bo‘lib, undagi sharoitlar bilan tanishildi. Poliklinika chindan ham zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, aholiga bepul va sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi. Biroq, tibbiyot muassasasida yechimini kutayotgan ayrim masalalar ham bo‘lib, ularni hal qilishda deputatlar tegishli mas’ul idoralar bilan kelishib oldi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish