Tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi asosida tumandagi “Jamol ota”, “Sinnon”, Dovza”, “Chinobod” hamda boshqa qishloqlar xotin-qizlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tumandagi Chinobod oilaviy poliklinikasida tashkil etilgan ko‘rikda malakali shifokorlar tomonidan 20 nafar xotin-qiz, homilador ayollar va 10 nafar bolalarning salomatligi o‘rganildi. Kasalligi aniqlangan bemorlarga zaruriy ko‘rsatma, xulosa va tavsiyalar berildi.

Jumladan, 2 nafar ayolga tuman Tibbiyot birlashmasiga davolanishi uchun yo‘llanma, 8 nafariga esa poliklinikada statsionar davolanishiga ko‘rsatmalar berildi. 4 nafar bemorga bepul dori-darmonlar taqdim etildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish