Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz

 

O‘zbekiston XDP Nishon tumani kengashi tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan birgalikda "Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bayrog‘imizda o‘zbek xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrat va shijoati mujassam ekani haqida so‘z yuritildi.

Chindan, milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi insonda iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish