Ayollar bandligi-oilalar farovonligi

 

O‘zbekiston XDP Koson tuman kengashi tomonidan tumandagi “Ishga marhamat” monomarkazida kasb-hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Markazda tumandagi “Lolazor” hamda “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ish bilan band bo‘lmagan, hunar o‘rganib, oilasiga nafi tegadigan iste’dodli xotin-qizlar bichish-tikish kurslarida ta’lim olishmoqda.

Xotin-qizlar bilan suhbatda partiya faollari yaratilayotgan bunday qulayliklardan to‘laqonli foydalanish zarurligini ta’kidlashdi. Kursni tamomlab, tumanda ishsizlikni kamaytirishga hissa qo‘shish, ochilayotgan yangi-yangi korxonalar va ularning samaralari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari orqali yoshlarni kurslarga jalb etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish