Ta’limga e’tibor kuchaytiriladi

 

Xalq deputatlari Bo‘ston tuman Kengashi deputati Dilfuzaxon Ahmedova tomonidan 14-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda D. Axmedova «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Muloqotda har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ta’limga qaratiladigan e’tibor, o‘qituvchilarning maqomini oshirish, ularning bilim va salohiyatlarini muntazam oshirib borish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar xususida suhbatlashildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish