O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi tomonidan Zomin tumanidagi Taraqqiyot strategiyasi markazida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari viloyat va shahar, tuman Kengashlari deputatlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, tuman Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarga oid qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar tushuntirildi. Bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, ta’limga qaratilgan kuchli yondashuv kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan yetuk kadrlarning etishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar fan, texnika, sport va yana ko‘plab sohalarda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar hozirlanmoqda.
Deputatlar muloqot chog‘ida yoshlarni o‘ylantirayotgan masalalarni ham o‘rganishdi va ularning yechimi yuzasidan takliflar bildirildi.
Tadbir so‘nggida yoshlar va faol mahalla yetakchilari partiya safiga qabul qilinib, a’zolik guvohnomasi topshirildi.