Ayolning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati G. Jo‘rayeva ishtirokida Uchko‘prik tumani Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tumanda mavjud 30 dan ortiq davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, xotin-qizlar motivator-psixolog R. Bo‘taboyeva psixologik treningida ishtirok etdilar.

Seminar davomida 22 nafar tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning 17 nafariga bir chokli va 5 nafariga averlo mashinalari hamda 20 nafar ishsiz xotin-qizlarga elektr pechlar subsidiya asosida tarqatilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, shu kunning o‘zida 53 nafar ishsiz xotin-qizlar munosib ish o‘rinlarini tanladilar va 6 nafari tadbirkorlik sexlariga ishga joylashtirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish