Xotin-qizlar huquqlari – qonun himoyasida

 

O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi tomonidan Kasbi tumanlararo xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida "Zo‘ravonlikka qarshi kurash" oyligi doirasida partiya va mahalla faollari, xoji onalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi raisi, partiya guruhi rahbari S. Hamroyev hamda reabilitatsiya markazi rahbari, deputat I.Hayitovalar so‘zga chiqib, gender tengligi to‘g‘risidagi Qonun talablariga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj, tazyiq va zo‘ravonliklarga uchrayotgan xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, notinch va ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, ularga ko‘mak ko‘rsatish lozimligi, huquq-tartibot organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida tushuntirish berib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida faol xotin-qizlar deputatlar ishtirokida tuzilgan maxsus Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini o‘rganish, gender tengligini ta’minlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish maqsadida tumandagi Tug‘ruq kompleksi, Bolalar shifoxonasi hamda mahallalardagi oilaviy shifokorlik punktilaridagi holatni o‘rganib chiqish va Kasbi tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi yig‘ilishida ko‘rib chiqib, tuman sessiyasi muhokamasiga kiritish taklifi ma’qullandi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish