XDP: JAZO YAGONA CHORA EMAS. Sharoit talabga mos bo‘lishi shart (video)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish, yo‘llardagi ayanchli avtohalokatlarning oldini olishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqilyapti.
XDP fraksiyasi a’zolari taklif etilayotgan loyiha muhokama qilish chog‘ida biror bir mummoning yechimini faqatgina jazo choralarini kuchaytirish bilangina amalga oshirib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Deputatlar biror bir yangilikni amaliyotga joriy etishdan avval unga tayyor bo‘lish zarurligini qayd etdi…