Farovon oila oyligi
Fuqarolar farovonligi va ruhiy xotirjamligiga erishish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uychi tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining katta majlislar zalida Beruniy, Hurriyat, Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi aholi bilan umumiy profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Muloqot davomida ishchi guruhi a’zolari tomonidan mehr-oqibat insonga ziynat ekanligi, yoshlar yot g‘oyalarga berilishi holatlarining oldini olish, noqonuniy diniy ta’lim berishning ayanchli oqibatlari, o‘z joniga qasd qilish, erta turmush va noqonuniy nikohning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.