Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Mamajanova ishtirokida Farg‘ona tumanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyatini aholi qatlamlariga yetkazish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning ijtimoiy, demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Bosh Qomus Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi ekani, fuqarolarning burch va majburiyatlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta’lim, fan, madaniyat hamda ma’naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish