Biografik kitob taqdimoti

 

O‘zbekiston hukumatiga 10 yil rahbarlik qilgan Rahmonqul Qurbonov haqida kitob yozildi

Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida Ozod Parmonov, Poyon Ravshanov hammuallifligida yozilgan “Bosh vazir qissasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, tarix va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

“Bosh vazir qissasi” 1961-1971-yillarda Respublika hukumatiga raislik qilgan fidoyi inson Rahmonqul Qurbonov hayot yo‘liga umumiy chizgilar bo‘lib, esse shaklida bayon qilingan. Kitob ikki qismdan iborat. Dastlabki qism Rahmonqul Qurbonovning jiyani, 1995-1998-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan Ozod Parmonov hamda taniqli olim, adib Poyon Ravshanov (1941-2020) tomonidan 1994-yilda, salkam 30-yil ilgari yozilgan. Ikkinchi – “Oqlanish” deb nomlangan qism yaqin kunlarda Ozod Parmonov tomonidan yozib tugallandi.

Tadbirda mazkur kitob o‘zbekning mard va ulug‘ o‘g‘lonlari qanday ziddiyatli yo‘llarni bosib o‘tganini teran anglashga yordam berishi, bugungi yoshlarni ma’naviy yetuk, mard insonlar etib tarbiyalashda o‘ziga xos saboq vazifasini o‘tashi ta’kidlandi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish