Elektorat manfaatlari himoyasi yo‘lida

 

O‘zbekiston XDP Beshariq tuman boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi M. Niyozov va Beshariq tuman Nogironlar jamiyati raisi F. Turdaliyeva ishtirokida Beshariq tumani Bo‘ston MFYda joylashgan 6-ko‘p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 3-dekabr — "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Beshariq tuman tashkiloti raisi M. Niyozov so‘zga chiqib, partiya g‘oya-maqsadlarini aholi orasida keng targ‘ib qilish, dasturiy vazifalarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish hamda nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy hayotga integratsiya qilinishi, ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini doimo his qilishlariga erishish to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Tuman Nogironlar jamiyati raisi bilan birgalikda partiyamiz a’zosi bo‘lgan tarbiyachilarga va nogironligi bo‘lgan bolalarga esdalik sovg‘alari tarqatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish