XDP deputati qarovsiz qolgan issiqxonaga bordi

 

Farg‘ona tumani, Mindonobod mavzesi, “Yangi asr” MFY hududida tashkil etilgan qariyb 5 gektar issiqxona masalasi jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish, mas’ullar javobgarligini oshirish, ko‘mak va yordamlarning manzilliligini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi Dilbar Mamadjanova tomonidan mas’ul rahbarlar ushbu masala yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Turon bank bilan birgalikda Farg‘ona tumanida 125 ta kam ta’minlangan, ishsiz, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolari bor oilalar uchun 5 gektar emas foydalanilmayotgan 2.5 gektar yer maydonida har bir oilaga 2 sotix yer hisobidan issiqxona (limonariya)lar qurish loyihasi amalga oshirilishi belgilangan edi. Bunda har bir oila uchun issiqxona (limonariya)lar qurilishi qiymatining 50 foizi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining subsidiyalari, qolgan 50 foizi esa bankning “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasidagi kredit mablag‘lari hisobidan qoplanishi qayd etilgan.

Viloyat hokimining tegishli qarorlari asosida Farg‘ona tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi ixtiyoriga T.Shodiyeva massivi hududidagi ehtiyojmand fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida ularga yer ajratilgan.

Ammo hamma fuqarolar ham issiqxonalardan foydalanmagan. Buning sababi sifatida hududda oqava suvi muammo qilib ko‘rsatilgan. Natijada shuncha maydon foydalanilmasdan kelmoqda edi.

Muammoni hal qilish maqsadida tik quduqlar qazish harajatlari uchun jami 500 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgani va ushbu mablag‘ hisobidan “Ravshan fayz ta’mir” MCHJ tomonidan 1 dona tik quduq qazilgan.

Mazkur suv inshooti uzluksiz ishlashi uchun 0.4 KVt kuchlanishli TP o‘rnatish ishlari yakuniga yetmoqda. O‘rganish kunida suv minorasini o‘rnatish va issiqxonalarga suv tarmog‘i o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Joriy yil dekabr oyi yakuniga qadar issiqxona egalari o‘rtasida “Turon bank” rahbariyati hamda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishi, 2024 yildan issiqxonalarda ekin (ko‘chat) ekish ishlarini boshlash uchun zaruriy sa’y-harakatlar ko‘rilayotgani aniqlandi.

XDP o‘z elektorati, xususan, ijtimoiy himoya ehtiyojmand aholi manfaatlarining qonuniy himoyasini ta’minlanishi tarafdori. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari hamda hududdagi mahalliy Kengash deputatlari issiqxonalar bilan bog‘liq masalaning yechimi bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib boradi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish