E’tibor va g‘amxo‘rlik

 

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, ayniqsa nogironligi bor shaxslarga jamiyatimizda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Shu maqsadda nogironlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlarning sha’ni va qadrini himoya qilish, nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash, nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limini, kasb tayyorgarligini, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim olishini ta’minlash belgilandi.

O‘zbekiston XDPning saylovoldi platformasida mehnatga layoqatsiz nogironlar, aholining mehnat qila olmaydigan boshqa ijtimoiy guruhlari, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish imkoniyatlari va huquqlarini kengaytirishga ko‘maklashish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiya Toshkent shahar kengashi tomonidan "Mehr ulashaylik" loyihasi doirasida amaliy tadbir o‘tkazildi. Poytaxtimizda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan bir guruh insonlar uchun dasturxon yozildi. Ular bilan samimiy muloqot qilinib, iliq so‘zlar aytildi, tilaklar bildirildi.

Partiyaning mas’ul xodimlari, Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari ishtirok etgan tadbir yakunida partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish