Barqaror taraqqiyot sari

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Zotan, o‘tgan 31 yil davomida davlatimizning xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishi, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilishi va yuksak marralarga erishish, xalqimiz uchun hech kimdan kam bo‘lmagan farovon hayot barpo etishda asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Oldimizga qo‘ygan bosh maqsadimiz – huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham konstitutsiyamizga tayangan holda olib borilmoqda.

O‘zbekiston XDP Forish tuman kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekiston barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot sari”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotida bo‘lib o‘tgan tadbirda konstitutsiyamizda ayollarning teng huquqliligi masalasi mustahkamlab qo‘yilgani, aholini ijtimoiy himoyalash uchun kiritilgan yangi moddalar hususida BPT yetakchisi E. Ummatova ma’ruza qildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish