Inson qadrini ulug‘lash – eng oliy qadriyat

 

Davlatobod tumanidagi “Turkiston” tantanalar majmuasida 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi, tuman hokimligi, “Nogironlar jamiyati”, “Ko‘zi ojizlar jamiyati,” va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligidagi ushbu tadbirga tumanda yashovchi 200 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan insonlar taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar nogironligi bor fuqarolar jamiyatda teng huquqliligi, ularning manfaatlari, qadr-qimmati qonun himoyasida ekanini ta’kidlab, sana munosabati bilan barcha yig‘ilganlarni tabriklashdi. Tadbirda ehtiyojmandlarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va qo‘ltiqtayoqlar sovg‘a qilindi.

Madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish