Huquqiy savodxonlik davr talabi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “TIQXMMI” MTU majlislar zalida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy davlat barpo etishning konstitutsiyaviy asoslari mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan “Konstitutsiya ijtimoiy davlatning huquqiy asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP MK mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi hamda universitet professor-o‘qituvchilari, shuningdek, talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova so‘zga chiqib, Konstitutsiyaga xalqchil norma va moddalar kiritilganligi ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasiga doir yangiliklar xususida aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston XDP Yoshlar sektori rahbari Muxsiddin Nizomiddinov so‘zga chiqib, Konstitutsiyamiz mamlakatimiz kelajagi va taraqqiyotiga katta turtki bo‘lishi hamda yoshlar masalalariga katta e’tibor berilganligi va mustahkamlanganligi bilan ahamiyatli ekanligiga e’tibor qaratdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish