Ayollar bandligi – oilalar farovonligi

 

O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi «Yangi Batosh» mahalla fuqarolar yig‘inida kasanachilik o‘quv markazi tashkil etildi.

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbarlari ko‘magi ochilgan markaz faoliyati bilan tanishildi. Xayriniso Qurbonova rahbarligidagi markazda «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turgan 12 nafar, shundan 4 nafari nogironligi bor xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilib, o‘quv markazida bandligi ta’minlandi. Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tadbirkorga 99 mln so‘m subsidiya ajratilgan.

Partiya faollari ko‘magi bilan tumanda shunday kasanachilik markazlarini «Bunyodkor» va «Potron» mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham ochish rejalashtirilgan.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish