Issiqlik yetkazib beruvchi manbalar kuz-qish mavsumiga tayyormi? (video)

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Davlat budjetining 9 oylik ijrosi bilan bog‘liq hisobot tinglandi. Unda XDP fraksiyasi a’zosi Mavjuda Hasanova kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganiga qaramasdan issiqlik ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘lar 45 foizga o‘zlashtirilganini tanqid qildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mazkur masala yuzasidan shu kungacha qilingan ishlar haqidagi ma’lumotlarni yaqin bir necha kun ichida deputatga taqdim etilishini ta’kidladi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish