Oliygohlarda navbat bilan ta’til berishni taklif qilindimi? (video)

Chegirma va imtiyozlardan talabalarning real foydalanish imkoniyati bormi? Oliygohlarda navbat bilan ta’til berishni taklif qilindimi?

“Hukumat soati”da XDP fraksiyasi a’zosi Sherzod Rahmonov akademik ta’tillar mobaynida talabalarga poyezdlar chiptalariga chegirmalar barcha chiptalar sotib bo‘linganidan keyingina e’lon qilinishi va bu yangilik talabalar uchun samarsiz bo‘layotgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olish qiyin emasligini ta’kidladi. E’lon qilinayotgan chegirma va imtiyozlarni amalga oshirishga vazirlik imkoniyatlari qay darajada yetarli? Ushbu va’dani amalga oshirishga vazirlik imkoniyatlari yetarlimi? Tezyurar poyezdlarga chiptalar taqchilligi, ularning ochiq savdoda kamyobligini hisobga olib, nega qo‘shimcha reyslar qo‘yilmaydi, deb savol berdi. Bu muammo aviatransportga ham tegishli ekanini ham eslatib o‘tdi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ direktori Sharofiddin Qodirov deputat savoliga javob berdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish