XDP: Dori vositalarining reklamasi va savdosi bilan bog‘liq ayrim bo‘shliqlarni to‘ldirish zarur (video)

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi ishchi guruhi yig‘ilishida dori vositalarining reklamasi, ularning savdosi va qo‘llanilishi borasida qonunchiligimizda ayrim bo‘shliqlar ko‘zga tashlanayotgani, yechimini kutayotgan muammolar kuzatilayotgani qayd etildi.

Jumladan, dori vositalari reklamasi turli ko‘rinishlarda avj olayotgani, ba’zi shifokorlar tomonidan bemorlarga asosan qimmat dori vositalari tavsiya qilinayotgani, dori vositalari narxlari sun’iy oshib ketayotgani, bunday salbiy holatlar barcha yurtdoshlarimizga ziyon yetkazayotgani, ayniqsa, kam daromadli oilalar qiyinchiliklarga duchor bo‘layotgani ta’kidlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish