Gonkong grippi chindan ham xatarlimi? (video)
O‘zbekistonda H3N2, ya’ni Gonkong grippi bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Bu haqida Sanitariya-epidemiologiya qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov matbuot anjumanida xabar qilgan edi.
Chindan ham bu kasallik vahima qilishga arziydimi? Umuman bunday viruslar qayerdan paydo bo‘ladi? Ularga qarshi kurashish choralari qanday?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.