Xalq vakillarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvi joylardagi masalalarning yechimiga xizmat qiladi. Shu maqsadda Xalq demokratik partiyasi tomonidan “Deputat mahallada” loyihasi amaliyotga joriy etilgan.
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Alisher Pardayev uzoq Boysun tumaning tog‘li “O‘rmonchi” mahallasida bo‘ldi. U yerdagi aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, fuqarolarning yashash sharoiti va ularni qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.
Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand kishilarning moddiy yordam va kredit olish masalasida murojaatlari yozib olindi. Har bir masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.